Klinika haqida

Bu bo‘lim haqida batafsil ma’lumotni shu yerda topishingiz mumkin

Kasalxonamiz haqida:.

Bizning klinikamizda yuqori malakali mutaxassislar xizmat ko‘rsatadi. Zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or tibbiy uskunalar yordamida bemorlarimizga eng sifatli tibbiy yordam ko‘rsatamiz.

    • Tez va aniqlik bilan qo‘yiladigan tashxis.
  • • Har bir bemorga individual yondashuv.
  • • Og‘riqsiz va xavfsiz muolajalar.
  • • Tez va aniqlik bilan qo‘yiladigan tashxis.
  • • Yevropa standartlariga mos jihozlangan tibbiy xonalar

•Shuningdek, biz har bir bemorning shaxsiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda davolash rejasini ishlab chiqamiz.

Shifokorlar

Bo`limlar

Laboratoriya tahlilari

Mukofotlar

Sifatli xizmatlar, bemor ehtiyojiga mos yechimlar

Biz bemorlarning sog‘lig‘i uchun ishonchli, xavfsiz va zamonaviy tibbiy xizmatlarni taqdim etamiz. Har bir bemorga e’tibor, har bir muammo uchun aniqlik bilan yondashuv — bizning ustuvor vazifamiz.

Urologiya

Siydik yo‘llari va erkak salomatligiga oid muammolarni aniqlash va zamonaviy usullar bilan davolash.

Ginekologiya

Ayollar sog‘lig‘i uchun keng qamrovli tashxis, davolash va maslahat xizmatlari.

Gastroenterologiya

Hazm qilish tizimi — oshqozon, ichak, jigar muammolariga aniqlik va samarali davolovchi yondashuv.

Pulmonologiya va Terapiya

O‘pka va nafas yo‘llari kasalliklarini zamonaviy uskunalar yordamida aniqlab, davolaymiz.

Xizmatlar

Bu bo‘lim haqida batafsil ma’lumotni shu yerda topishingiz mumkin

Kardiologiya

Yurak faoliyati bilan bog‘liq kasalliklarni erta aniqlash va davolash uchun zamonaviy uskunalar va tajribali shifokorlar..

Dori vositalari bo‘limi

Barcha kerakli tibbiyot vositalari va dorilarni ishonchli va xavfsiz tarzda taqdim etamiz.

Terapiya

Har xil ichki kasalliklarni aniqlash va ularni individual yondashuv asosida kompleks davolash.

Diagnostika bo‘limi

Aniq tashxis qo‘yish uchun zamonaviy laboratoriya va asbob-uskunalar yordamida tahlil va tekshiruvlar

Reabilitatsiya va yordamchi xizmatlar

Jarrohlikdan keyingi yoki surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar uchun reabilitatsiya xizmatlari..

Tez tibbiy yordam

Favqulodda holatlarda tez va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun doimo tayyormiz.

Bo`lim

Bu bo‘lim haqida batafsil ma’lumotni shu yerda topishingiz mumkin

Nevrologiya

Nevrologiya bo‘limi asab tizimi bilan bog‘liq kasalliklarni aniqlash va davolashga ixtisoslashgan. Insult (gemorragik va ishemik), Parkinson, epilepsiya, bosh og‘riqlari (migren, klaster), periferik nevropatiyalar, nevralgiyalar va boshqa nevrologik holatlar chuqur tekshiruvdan o‘tkaziladi. KT, MRT, EEG kabi zamonaviy diagnostika uskunalari yordamida aniq tashxis qo‘yiladi va shaxsiy davolash rejasi tuziladi.

Kardiologiya

Kardiologiya bo‘limida yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini erta aniqlash, zamonaviy usullar bilan tashxislash va davolash ishlari amalga oshiriladi. Klinikamizda EKG, yurak UTT, Holter monitoring va yuklama testlari kabi eng so‘nggi texnologiyalarga asoslangan apparatlar mavjud. Yurak ishemik kasalliklari, gipertoniya, yurak yetishmovchiligi, aritmiya kabi kasalliklar bilan kurashishda yevropa standartlariga mos muolajalar qo‘llaniladi.

Lor (Otorinolaringologiya)

LOR (Quloq-Burun-Tomoq) bo‘limi Bo‘limimiz LOR kasalliklarini zamonaviy tibbiyot uskunalari yordamida aniqlash va davolash bo‘yicha keng ko‘lamli xizmatlarni taklif etadi. Biz quloq, burun va tomoq bilan bog‘liq yallig‘lanish, surunkali sinusit, otit, faringit va tonzillit kabi kasalliklarni samarali tarzda davolaymiz.

Bundan tashqari, operatsion usullar orqali quloq-burun-tomoq tizimiga oid murakkab holatlar ham muvaffaqiyatli bartaraf etiladi. Xususan, burun septumining qiyshikligi, poliplar, quloq pardasining teshilishi, bodomsimon bezlarni olib tashlash (tonzillektomiya) kabi jarrohlik amaliyotlari tajribali LOR mutaxassislarimiz tomonidan bajariladi. Kasalxonamizda otorinolaringologik muolajalar og‘riqsiz va qulay sharoitlarda amalga oshiriladi. Har bir bemor bilan individual yondashuv asosida ishlanadi hamda yuqori aniqlikka ega tekshiruvlar yordamida to‘g‘ri tashxis qo‘yiladi.

Gastroenterologiya

Gastroenterologiya bo‘limi ovqat hazm qilish tizimi – oshqozon, ichaklar, jigar, o‘t yo‘llari va me’da osti beziga oid kasalliklarni aniqlash va davolashga ixtisoslashgan. Klinikamizda bemorlar uchun qulay va xavfsiz sharoitda tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Bo‘limimizda quyidagi kasalliklar tashxislanadi va davolanadi: • Gastrit (surunkali va o‘tkir), • Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi, • Pankreatit, • O‘t pufagi va o‘t yo‘llari kasalliklari, • Gepatitlar va gepatoz, • Qabziyat, meteorizm, ich ketish kabi holatlar, • Me’da va ichak poliplari yoki o‘sma xavfi. Zamonaviy diagnostika usullari mavjud: • Endoskopik zond yordamida tekshiruv (gastroskopiya, kolonoskopiya), • Biopsiya olish – shubhali to‘qimalardan namuna olinib laborator analiz qilinadi, • Qon, najas, nafas orqali testlar, • UTT (ultratovush), tahlillar va boshqa laborator tekshiruvlar. Tajribali gastroenterolog shifokorlar tomonidan har bir bemorga individual davolash rejasi tuziladi. Barcha muolajalar yuqori aniqlikdagi zamonaviy apparatlar orqali amalga oshiriladi.

Terapiya

Terapiya bo‘limi umumiy ichki kasalliklar bo‘yicha birlamchi diagnostika va davolash xizmatlarini taqdim etadi. .

Yuqori va past qon bosimi, yurak urishi buzilishi, nafas olish muammolari, oshqozon-ichak kasalliklari, qandli diabet, anemiya kabi keng ko‘lamdagi kasalliklar terapevt shifokorlar tomonidan nazorat qilinadi. Har bir bemorga individual yondashuv bilan samarali davo rejalari ishlab chiqiladi.

Tavsiyanoma

Bu bo‘lim haqida batafsil ma’lumotni shu yerda topishingiz mumkin

Samira Shifo klinikasiga ilk bor kelganimda, iliq kutib olish va tezkor xizmatni ko‘rib hayratda qoldim. Har bir bo‘limda tartib va professional yondashuv mavjud.

Usmonov Nodir

Tadbirkor

Shifokorlar juda hushmuomala va tajribali. Nevrologiya bo‘limida davolanishim davomida har bir bosqich izchil tushuntirildi. Endi o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman.

Xayitmurodov Bobur

Designer

Tibbiy xizmatlar zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan. Diagnostika va davolash aniq va oson bo‘ldi. Shifoxona ichki dizayni ham taskin beradi.

Maruf

Tadbirkor

Gastroenterologiyada zond orqali tekshiruvdan o‘tdim — hech qanday noqulaylik bo‘lmadi, hammasi ehtiyotkorlik bilan bajarildi. Biopsiya natijalari ham tez yetib keldi.

Muxriddin Isamiddinevich

Tadbirkor

LOR bo‘limida operatsiya qilindim. Jarayon juda qulay o‘tdi, mutaxassislar doimiy kuzatib turishdi. Endi tinch nafas olaman.

Xolliyev X

O`qtuvchi

Bu klinikada har bir bemorga e’tibor bilan qaraladi. Diagnostika aniqligi va davolash sifati tufayli muammoim hal bo‘ldi. Bunday markazlar ko‘paysa yaxshi bo‘lardi.

Khaldarov Shodiyor

Tadbirkor

Tibbiy maslahatlar, davolash va tekshiruvlar juda tizimli tashkil etilgan. Har bir bo‘limda tartib bor. Tavsiya qilaman.

Xolliyev Xasan

Tadbirkor

Shifokorlar

Bu bo‘lim haqida batafsil ma’lumotni shu yerda topishingiz mumkin

Walter White

Chief Medical Officer

Sarah Jhonson

Anesthesiologist

William Anderson

Cardiology

Amanda Jepson

Neurosurgeon

Telifon raqam

Bu bo‘lim haqida batafsil ma’lumotni shu yerda topishingiz mumkin

Manzil

Qashqadaryo Viloyati Qarshi shahar Jayhun ko`chasi

Telifon raqam

+998 90 440-6777

Gmail

samirashifomarkazi.com

Instagram

samirashifomarkazi

Loading
Your message has been sent. Thank you!